Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi “Baby Land” xususiy bogʻchasida tarbiyalanuvchiga shikast yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 24-mart kuni shaharning Sugʻdiyona maskanida yashovchi I.Sh. voyaga yetmagan farzandini Samarqand tumanidagi “Kids academy Baby Land” nomli xususiy bolalar bogʻchasidan uyiga olib kelganida tanasining turli joylarida tilingan jarohatlar borligini koʻrgan.
31-mart kuni fuqaro I.Sh. Samarqand tumani IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, bogʻcha tarbiyachisi D.I.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
112797
Jamiyat
95473
Jamiyat
92301
Jamiyat
76617
Jamiyat
//
Izoh yo‘q