Toshkentda 2 gektar yerni 800 ming dollarga sotishga uringan fuqaro ushlandi

Saqlash
14:41 / 01.04.2022 1148 0

Toshkentda 2 gektar yer maydonini 800 ming dollar evaziga sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqida IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd  qilinishicha, U.Ch. ismli shaxs yer olish maqsadida yurgan fuqaro E.N. bilan tanishib qolib, unga tanishi D.ning 4 gektar yer maydoni borligini aytgan va shundan 2 gektar yer maydonini 800 ming dollariga sotishini bildirgan. Biroq yer maydoni taqiqda turgani sababli uni rasmiylashtirib bera olmasligini, kelgusida kerakli tashkilotlar orqali ushbu taqiqni yechib berishini aytgan. Fuqaro E.N. 30-mart kuni IIVga ariza bilan murojaat qilib, mazkur holatga qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

 

Arizaga asosan shu kuni Bosh prokuratura, IIV hamda DXX Shayxontohur tumani xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda U.Ch. Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 15-sonli Kardiologiya markazining avtoturargohida ariza muallifidan talab qilgan 80 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan, 30-mart kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Shayxontohur tumani tomonidan fuqaro U.Ch. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. U.Ch. Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//