Siyosat
Davlatimiz rahbari iqtisodiy kompleks rahbarlariga makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish boʻyicha taʼsirchan choralarni davom ettirishga koʻrsatma berdi.
Buning uchun hudud va tarmoq xarajatlarini 10 trillion soʻmga qisqartirish talab etiladi. Prezident yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga:
- moliyaviy manbasi aniq boʻlmagan qurilishlarni boshlash;
- bino taʼmirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirishni qatʼiyan taqiqladi.
Bosh prokuraturaga byudjet tashkilotlarida ushbu xarajatlarning oldini olish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish va viloyat kesimida har hafta Prezidentga axborot berish topshirildi.
“Bu – mablagʻlar olib qoʻyiladi, degani emas. Barcha iqtisod qilingan mablagʻlar ushbu hudud va tarmoqning rivojlantirish dasturiga yoʻnaltiriladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112457
Jamiyat
95124
Jamiyat
91366
Jamiyat
76042
Jamiyat
//
Izoh yo‘q