Siyosat
Prezident yigʻilishda mart oyi boshida kuzatilgan shakarga “ajiotaj” mavzusiga toʻxtaldi. Ayrim hududlarda shakar narxi asossiz oshgan. Ayniqsa Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud zaxiralar oʻz vaqtida tarqatilmagani sababli, shakar narxi keskin oshgan.
“Savol tugʻiladi. Ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?”, dedi Prezident.
Shuning uchun viloyat, shahar va tuman hokimlari har kuni oʻz hududidagi oziq-ovqat, ayniqsa un, shakar va yogʻning narxini joylarda yurib oʻrganadi va barqarorlikni taʼminlash uchun tezkor tadbirlarni koʻrib boradi.
Ayniqsa, kirib kelayotgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini taʼminlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam koʻrsatib, naxrlarni arzonlashtirish bu ulugʻ ayyom kunlarida katta savob ekanligini barcha tadbirkorlarga tushuntirishlari kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, yigʻilishda Respublikaga chetdan bugʻdoy, oʻsimlik yogʻi va shakarni olib kelish boʻyicha barcha masalalar hal qilib berilgani, endi buni aql bilan samarali tashkil etish kerakligi taʼkidlandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
109718
Jamiyat
94098
Jamiyat
89882
Jamiyat
73083
Jamiyat
//
Izoh yo‘q