Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
“Oyning boshida alohida komissiya tuzib, barcha xavf-xatarlarni hisob-kitob qilganimiz va eng dolzarb yoʻnalishlarda oʻz vaqtida tezkor choralarni koʻrishni boshlaganimiz oʻz natijasini bera boshladi”, degan davlat rahbari yigʻilish avvalida.
Toshkent tovar-xomashyo birjasida chet el korxonalari bugʻdoy, un, shakar, oʻsimlik yogʻi kabi mahsulotlarni savdoga qoʻyishni boshladi. Bunga, temir yoʻlda tashishga ichki tariflar qoʻllanilmoqda.
Bu ishlarning davomi sifatida bir hafta muddatda:
- xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xom ashyo birjasi savdolariga keng jalb qilish;
- temir yoʻl tariflari va tannarxni ichiga kirib, ularni yanada pasaytirish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q