Jamiyat
Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, maktablarning pedagog xodimlari xalqaro tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qoʻshgan taqdirda bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama qoʻshiladi. Ilgari ushbu ustama pedagog xodimlar faoliyati davomida yuqori natijalar koʻrsatgan taqdirda toʻlangan.
100 foizlik ustama olishga daʼvogar pedagog xodimlarning mashgʻulot olib boradigan fanlari boʻyicha oʻquvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida baholanadi.
Bunda nazorat materiallari Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi.
Shuningdek, oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritganda maktablarning rahbar xodimlariga va soatbay ishlovchi oʻqituvchilarga ham oylik ustamalar belgilanadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Artiqova Oxistaxon
18:02 / 14.02.2024
Men kasb - hunar Maktabida asosiy informatika fani óqituvchisiman makatbda xaftada 4 soat órindosh darsim bor Men 2024 yil yanvar fevfal oylarida BEST PUBLICATION ilmiy tadqiqotlar markazi tomonida 2024-yil, 11-fevral kuni O'zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasida bo'lib o'tgan "Eng yaxshi xizmatlari uchun" xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi sovirindori boldim lekin yo maktb yo KHM tomonidan ragbatlantirish olmadim Men shu asosida moddiy ragbat olishga haqlimanmi iltimos izox qoldiring
Oftob
16:10 / 06.10.2023
Men öquvchilarim halqaro tanlovlarda oltin kumush medallarini qölga kiritgan men mukofot Puli olaolamanmi