Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarori bilan ikki nafar sudya vazifasidan ozod qilingan. Bu haqida Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yozma arizasiga binoan hamda sudyalik shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan, shuningdek, sudning obroʻsiga putur yetkazadigan nojoʻya xatti-harakat sodir etganligi uchun Zavkiddin Muzafarov Buxoro viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudining sudyasi lavozimdan ozod qilingan.
Shuningdek, yozma arizasiga binoan Ilhomjon Rajabov Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q