Qurilishi vazirligi 3 oyga bormay devorlari yorilgan maktab holatiga izoh berdi

Saqlash
17:18 / 30.03.2022 981 0

Kun.uz saytida eʼlon qilingan 6 oy taʼmirlangan maktab devorlari 3 oyga bormay yorildi maqolasi yuzasidan Qurilish vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Namangan tumanida joylashgan 29-sonli maktab obyektida mukammal qayta qurish ishlari amalga oshirilgan. Joriy yilning mart oyida maktabning 1-qavatida ayrim xonalarning parda devorlarida, oqava suv quvurlarining (kanalizatsiya) choklaridan suv sizishi oqibatida yoriqlar vujudga kelganligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 18-mart kuni maktab binosining 1-qavatida tibbiyot xonasi, omborxona, fizika, laboratoriya xonasi va hojatxonadagi choʻkkan hamda yoriqlar hosil boʻlgan parda devorlar buzib olinishi kerakligi haqida xulosa bergan.

“Parda devorlar buzib olinib, loyihachi tashkilotning loyiha yechimi asosida parda devor hamda poydevorlarida kuchaytirish ishlarini bajarishi lozimligi va parda devorlarini meʼyoriy talablar asosida qayta bajarish kerakligi tavsiya etilgan”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//