Namangan va Krasnoyarsk oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Saqlash
14:56 / 30.03.2022 838 0

Namangan shahridan Rossiyaning Krasnoyarsk shahriga 29-martdan boshlab muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, shu kuni “Sharqiy” xab loyihasi doirasida Uzbekistan Express Namangan–Krasnoyarsk–Namangan xalqaro yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshiradi. Ushbu yoʻnalishdagi muntazam aviaqatnovlar toʻliq ekonom formatida haftaning seshanba kunlari amalga oshiriladi. Reyslar jadvali quyidagicha:

 

Namangandan uchish: 17:35 (Toshkent vaqti bilan);

 

Krasnoyarskka yetib borish: 22:50 (Krasnoyarsk vaqti bilan);

 

Krasnoyarskdan uchish: 00:20 (Krasnoyarsk vaqti bilan);

 

Namanganga yetib kelish: 01:55 (Toshkent vaqti bilan).

 

Namangan–Krasnoyarsk yoʻnalishi boʻyicha bagaj bilan aviachipta narxi 2 million 388 ming 69 soʻmdan, Namangan–Krasnoyarsk–Namangan yoʻnalishi boʻyicha esa 4 million 433 ming 304 soʻmdan boshlanadi. Narxlar 29-mart holatiga koʻra amal qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//