Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining «Sitorai Mohi xossa» tarixiy muzey majmuasida qiz tovus patlarini yulib olgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, videolavha yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Tezkor surishtiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, 26-mart kuni Gʻijduvon tumanida yashovchi N.T. ismli shaxs ikki nafar voyaga yetmagan qarindoshlari O.X. va S.X.lar bilan Buxoro shahridagi «Sitorai Mohi xossa» tarixiy muzey majmuasiga sayohatga kelgan. O.X. muzey hovlisida yurgan tovusning ikki dona patini yulib olgan.
Holat yuzasidan voyaga yetmagan O.X.ning onasi G.M.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q