Ilm-fan
DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar koʻrish yoʻllari ustida ishlamoqda.
Bu haqida bugun, 29-mart kuni Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.
“Odatda, kirish imtihonlarida tartibni buzgan, taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar imtihondan chetlashtiriladi. Agar bunday xatolik nazoratchilar tomonidan qilinsa, ular ham chetlashtiriladi. DTMda qoida buzgan nazoratchilarning roʻyxati bor. Har yili imtihonda nazoratchi boʻlish uchun oʻqituvchilar roʻyxati soʻraladi. Agar ular oldingi yillarda qoida buzgan boʻlsa, bunday shaxs nazoratchilikka qoʻyilmaydi.
Lekin qoida buzgan abituriyentlarga hech qanday chora koʻra olmaymiz. Hozirgi kundagi qonunchilik hujjatlarida bu belgilanmagan”, dedi DTM direktori Majid Karimov.
Qayd etilishicha, abituriyentlar imtihonga kiritishda barmoq izi, face-kontrol orqali tekshiriladi va shu orqali ular qattiq nazoratga olinadi.
“Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan abituriyentlarning imtihonda qatnashishini cheklash masalasi koʻrilyapti. Bu borada xalqaro tajriba ham oʻrganilgan. Tartibni buzgan abituriyentlar 5-7 yilgacha umuman qabul imtihonida ishtirok etmasligi, agar OTMda oʻqisa, talabalikdan chetlashtirish masalasini normativ-huquqiy jihatdan qonuniylashtirish yoʻllarini koʻrib chiqyapmiz”, deya maʼlumot berdi Majid Karimov.
Markaz bosh boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayevning qoʻshimcha qilishicha, hozir sayyor qabullarda abituriyentlar bilan uchrashuvlarda imtihonga turli taqiqlangan vositalarni olib kirish ularning bir yillik mehnatini yoʻqqa chiqarishi haqida tushuntirishlar olib boriladi, roliklarda ham bu masalaga toʻxtalib oʻtiladi.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111040
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q