Oʻzbekiston fuqarolarining Tojikistonda roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddati oʻzgartirildi

Saqlash
23:00 / 29.03.2022 881 0

Tojikiston parlamentining quyi palatasi Oʻzbekiston bilan hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomani tasdiqladi. Endi Oʻzbekiston fuqarolari Tojikistonda 10 kungacha roʻyxatdan oʻtmasdan qolishi mumkin boʻladi.

 

2018-yil 9-mart va 2021-yil 10-iyundagi Fuqarolarning oʻzaro sayohatlari toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomaga asosan oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Unga koʻra, tomonlardan birining fuqarolari boshqa tomon hududiga kiruvchi davlat chegarasini kesib oʻtgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yashash joyidagi davlatning vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtish majburiyatidan ozod etiladi.

 

Ilgari amalda boʻlgan qoidalar chegarani kesib oʻtgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida yashash joyidagi davlatning vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtishni nazarda tutardi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//