Jamiyat
“Oʻzgidromet” 2022-yilning aprel oyida kutilayotgan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, ushbu oy asosan quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida kunduzgi harorat 17-22 darajadan 23-28 darajagacha, janubda baʼzi joylarda 30-33 darajagacha koʻtariladi. Faqat 2-aprel kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida va Fargʻona vodiysining togʻoldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroq yomgʻiri yogʻishi mumkin.
Keyinchalik, prognozlarga koʻra, aprel oyi harorat tartibi boʻyicha oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 23-28 daraja iliqqacha, respublika janubida 30-33 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.
Oyning ayrim kunlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Baʼzi joylarda doʻl yogʻishi ehtimoli mavjud.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q