Jamiyat
Xorazm viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Odilbek Ortiqov Shovot tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 29-mart kuni Xalq deputatlari Shovot tuman kengashining navbatdan tashqari 55-sessiyasi boʻlib oʻtgan. Sessiyada Shovot tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Hakimboy Otaxonov oʻz arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Xorazm viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Odilbek Ortiqov esa Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Shuningdek, sessiyada Shovot tumanini 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”ning taqdimoti oʻtkazilgan. Sessiya ishida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov qatnashgan va soʻzga chiqqan.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
109999
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73438
Jamiyat
//
Izoh yo‘q