Jamiyat
AQSH dermatologiya akademiyasi mutaxassislari yurak kasalliklarining tashqi alomatlarini maʼlum qildi. Ularning fikricha, teri va tirnoqlardagi “ogohlantiruvchi” oʻzgarishlar, qolaversa, tanada namoyon boʻladigan turli shishlar buning belgilaridir.
Masalan, issiq sharoitda teridagi koʻkarishlar qon tarkibida kislorod yetishmayotganidan dalolat boʻlishi mumkin. Agar bunday holatda zarur muolajalar amalga oshirilmasa, toʻqimalar halokati kuzatilishi tabiiy.
Terida koʻk yoki binafsharang “toʻr”lar paydo boʻlishi esa kichik arteriyalarda tiqinlar yuzaga kelganini tasdiqlaydi. Bu – toʻqimalar va tana aʼzolarning ichki shikastlanishiga sabab boʻladi. Biroq, toʻrsimon naqshlar baʼzi dori-darmonlarga reaksiya sifatida ham hosil boʻladi.
Oyoqlarda paydo boʻladigan shishlar esa yurak faoliyatida buzilishlar kuzatilayotganini anglatadi. Shuningdek, oyoqlarda suyuqlik toʻplanishi ham jiddiy yurak xastaliklari haqida “signal” beradi.
Uchi pastga egilgan tirnoqlar va shishgan barmoq uchlari ham shifokorga borish uchun yetarli asos. Chunki bu baʼzida yurak yoki oʻpka bilan bogʻliq jiddiy muammolarning belgisi boʻlishi mumkin.
Tirnoq ostidagi jarohat bilan bogʻliq boʻlmagan qizil yoki binafsharang chiziqlar ham yurak xastaligiga ishoradir. Oʻz navbatida, qoʻl yoki oyoq barmoqlarida ogʻriqlar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Negaki, bu holatlar ehtimol qon tomirlari yoxud yurakdagi infeksiyalar alomatiga yaqin belgilar hisoblanadi. Shuningdek, kaft va oyoqlardagi jigarrang yoki qizgʻish dogʻlar ham xuddi shunday kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q