Talaba qizga tegajogʻlik qilgani aytilgan “zamdekan” ishi boʻyicha tergov yakunlandi

Saqlash
14:31 / 29.03.2022 745 0

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2021-yilning oktyabr oyida 3-kurs talabasiga tegajogʻlik qilgani va uni oynadan itarib yuborgani aytilgan dekan oʻrinbosari hibsga olingani xabar qilingandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov  sud ishi boʻyicha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, jinoyat ishi boʻyicha tergov guruhi tuzilib, gumonlanuvchi B.Y. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi va 105-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, B.Y.ga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qoʻllanilgan. 2021-yilning 1-noyabr kuni unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 1-qismi va 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 1-qismi bilan ayb eʼlon qilingan.

 

4-mart kuni jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, tomonlar jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishtirilgan. 8-mart kuni jinoyat ishi boʻyicha ayblov xulosasi tuzilib, xulosani tasdiqlash va tegishli sudga yuborish uchun Yakkasaroy tuman prokuraturasiga yuborilgan. 10-mart kuni Yakkasaroy tuman prokurorining oʻrinbosari tomonidan jinoyat ishi boʻyicha ayblov xulosasi tasdiqlanib, jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudiga yuborilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//