Siyosat
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda 56 ta tumandagi 243 ta olis va chekka mahallada 562 ta oilaviy shifokor lavozimi vakant boʻlib turganiga eʼtibor qaratildi.
Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda boʻsh oʻrinlar ancha yuqori boʻlsada, aprel oyida ushbu vakant lavozimlarga mutaxassis jalb etish umuman reja qilinmagani keskin tanqid qilindi.
Yoki, Toshkent viloyatida yil yakuniga qadar 70 ta olis va chekka mahallada tibbiyot punktini tashkil etishi lozim boʻlsada, bu borada aprel oyi rejasida birorta amaliy vazifa yoʻq.
«Har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shugʻullanishi shart va ulardan soʻrov qattiq boʻladi.
Endi, har oy boshida qilingan ishlar va yangi oy rejalarini oʻzim eshitib boraman.
Ochiq muloqotdan keyingi oʻzgarishlarni nafaqat tibbiyot xodimlari, balki har bir xonadon sezishi shart», dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari bu borada qator vazifalarni belgilab berdi.
Eng avvalo, aprel oyida:
- 1 million nafar xavf guruhiga kiruvchilar, 700 ming nafar bolalar va 100 ming nafar homilador ayollar maqsadli skriningdan oʻtkaziladi;
- har bir oilaviy poliklinikada kunduzgi statsionarlarni tashkil etish orqali tuman va shahar shifoxonalariga yotadigan bemorlarning navbati kamida 20 foizga qisqartiriladi;
- 26 ta oilaviy shifokorlik punkti toʻliq taʼmirlandi, zarur shtatlar, asbob-uskuna va dorilar bilan taʼminlanadi.
Umuman, yil yakuniga qadar jami 400 ta mahalla uchun bunday punktlar ochilishi taʼminlanadi.
Shuningdek, aprel oyida olis hududlarda maxsus konteynerlardan foydalangan holda 1 ming 700 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish vazifasi qoʻyildi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q