Oʻzbekistonda 114-yildan buyon hujjatsiz yashayotgan momoga pasport beriladi

Saqlash
22:52 / 28.03.2022 1022 0

Mirishkor tuman Yuksalish mahallasida yashovchi Hayit Bayramova 114-yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan. Bu haqida Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Hayit momoning farzandi Mirishkor tuman Adliya boʻlimiga 1908-yilda tugʻilgan onasining tugʻilganlik faktini belgilashda amaliy yordam soʻrab murojaat etgan. Adliya toʻplangan hujjatlarni FIB Kasbi tumanlararo sudiga kiritadi.

 

Bugun, 28-mart kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Kasbi tumanlararo sudi raisi Sh.Toʻxtayev raisligida Hayit Bayramova yashayotgan xonadonda sayyor sud boʻlib oʻtgan.

 

«Tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Sardar Karabayev, mahalla raisi va boshqar tashkilot masʼullari ishtirok etgan sud ishida Hayit Bayramovaning tugʻilganlik fakti belgilandi. Unga tez orada fuqarolik pasporti beriladi», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 178
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

11:34 / 20.07.2026 0 96
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112684
76456

//