Suvni virus va bakteriyalardan 99,99 foizgacha tozalaydigan texnologiyalar taklif qilindi

Saqlash
21:49 / 28.03.2022 768 0

Shveysariyaning SymbioSwiss kompaniyasi arzon, suvni tozalashning eng yangi texnologiyalarini taqdim etish boʻyicha oʻz takliflarini berdi. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu texnologiyalar elektroliz orqali suvni 99,99% gacha viruslardan, shu jumladan COVID-19, bakteriyalar va boshqalardan tozalaydi. Ulardan foydalanish uchun faqat suv, tuz va elektr energiyasi kerak boʻladi. Mahsulot kimyoviy ishlovdan koʻra arzonroq va ekologik tozaligi bilan muhim ahamiyatga ega. Uskunalardan shifoxonalar, maktablar, bolalar bogʻchalari va mehmonxonalar kabi ijtimoiy obyektlarda samarali foydalanish imkoniyati mavjud.

 

“Shveysariya tomoni ushbu texnologiyalarni joriy etish uchun 10 mln dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha ham oʻz taklifini berdi”, deyiladi xabarda.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi Narzullo Oblomuradov loyihani amalga oshirishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini belgilangan tartibda kelgusida koʻrib chiqishni qayd etgan.

 

Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralari, xususan, Investitsiyalar va tashqi savdo, Sogʻliqni saqlash, Innovatsion rivojlanish, Suv xoʻjaligi va boshqa vazirliklari bilan ham hamkorlik imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//