Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi “Katta Olmazor” mahallasida joylashgan koʻp qavatli uylarning fasad qismidagi bezakli kafellarning usti boʻyalayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mahalladagi mazkur uylar qurilganiga 40 yildan oshgani sababli fasadlardagi mozaikalar ham taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan. Shu bois 2022-yil 3-mart sanasidagi VI-57-50-14-0-K/22-sonli “Toshkent shahrida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror asosida pudratchi tashkilot tomonidan mahalladagi 9 qavatli uylarning fasadlarida taʼmirlash ishlari boshlangan.
“Lekin shu yerda yashovchilarning ayrimlarida taʼmirlash ishlariga eʼtiroz boʻlgani sababli hozirda uylarning yon qismidagi kafelli mozaikalarni boʻyash ishlari toʻxtatilgan. Uylarning old va orqa qismlaridagi fasadlarni taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q