Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 29-30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi Oʻzbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari oʻtkazadigan muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Asosiy eʼtibor savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, logistika, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qoʻshma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishga qaratiladi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida Qoʻshma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q