Oʻzbekistonga Qirgʻiz Respublikasi mudofaa vaziri rasmiy tashrif bilan keldi

Saqlash
22:16 / 25.03.2022 1417 0

Qirgʻiz Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Baktibek Bekbolotov rahbarligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqida Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, delegatsiyani Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov kutib olgan.

 

 

Mudofaa vazirligi rahbarlarining uchrashuvida xalqlarimizni tarixan yaqin qoʻshnichilik aloqalari, yagona tarix, yagona din, madaniyat va urf-odatlarimizning birligi bogʻlab turishi, xalqlarimiz doim birgalikda yonma-yon yashab kelishgani, davlat rahbarlarining oʻzaro ishonchli va doʻstona aloqalari taʼkidlab oʻtilgan.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida Qirgʻiziston Respublikasi bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalari bilan birga mudofaa sohasidagi oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalari koʻrib chiqilgan.

 

“Qirgʻiz delegatsiyasining tashrifi davomida mamlakatimizdagi oliy harbiy taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishuv, yurtimizning tarixiy hamda diqqatga sazovor joylariga sayohat ham koʻzda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//