Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, noqonuniy yer sotmoqchi boʻlgan uch nafar fuqaro qoʻlga olindi.
Xususan, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari “H.S.” fermer xoʻjaligi rahbari O.N.ni xoʻjalikning 20 gektar suvli yer maydonini fuqaro M.ga 230 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan 100 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlagan.
Xuddi shunday, Departamentning Kosonsoy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Z.M.” fermer xoʻjaligi rahbari M.R. xoʻjalikning 1 gektar gʻalla ekin yer maydonini 8 000 AQSH dollari evaziga bogʻdorchilik yoʻnalishida fuqaro A.ning nomiga oʻtkazib berishni vaʼda qilib, 6 100 AQSH dollari va 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro Gʻ.K. Mirzaobod tumani hududidan “Yoshlar mehnat guzari” binosini qurish uchun ajratilgan 40 sotix yer maydonining 6 sotixini fuqaro S.ga 6 600 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ayni vaqtda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q