Samarqandda soxta “Biznes treningchi”lar ushlandi

Saqlash
14:31 / 25.03.2022 771 0

Samarqand shahrida internet orqali biznes qilishni oʻrgatishini fuqarolarning katta miqdorda pul mablagʻlarini olib, vaʼdasini bajarmagan korxona masʼullari ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. va boshqalar “L-N.S.» xususiy korxonasini tashkil etishib, fuqarolarni internet tarmogʻi orqali biznes qilishga oʻrgatish niqobi ostida faoliyat yuritgan.

 

Ammo ularga vaʼda qilingan mahsulotlarni yetkazib bermasdan yoki chet elga turistik sayohatlarni tashkil etmasdan 110 nafar fuqaroning 29 148 AQSH dollari va 349,1 million soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 188-1-moddasi (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//