Sirdaryoda 1,2 tonnadan ortiq goʻsht koʻmib tashlandi. Goʻshtda xavfli virus tayoqchalar aniqlangan

Saqlash
23:38 / 24.03.2022 765 0

Sirdaryo tumanidagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan noqonuniy goʻsht mahsulotlari toʻxtatib qoldi. Bu haqida “Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” dasturida maʼlum qilindi.

 

YPX maskanida toʻxtatilgan Cobalt avtomobili haydovchisi hujjatlarsiz mashina bosharayotgani aniqlangan. Shuningdek, avtomobil yukxonasi va salon qismida 1,2 tonnadan ortiq goʻsht mahsulotlari borligi maʼlum boʻlgan. Surishtiruv davomida haydovchi goʻsht unga tegishli ekanini tan olmagan. Mazkur goʻsht mahsulotlari Sirdaryo viloyati veterinariya laboratoriyasiga tekshrish uchun yuborilgan.

 

Laboratoriya tekshiruvlari davomida goʻsht mahsulotlari isteʼmolga yaroqsizligi tasdiqlangan. Undan salmonellyoz kuydurgi kasalligiga tekshiruv davomida kasallik tasdiqlanmagan, biroq inson hayoti uchun xavfli boʻlgan ichak tayoqchalari topilgan.

 

Goʻsht mahsulotlari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan yoʻq qilingan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//