Madaniyat
“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Samarqand-Vnukovo” yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib ketayotgan fuqaro I.X. “yashil” yoʻlak orqali bojxona nazoratidan oʻtayotganida, unga tegishli bagaj sumkasidan olib ketish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladigan haykalcha borligi aniqlandi. Bu haqida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasi xulosasiga koʻra, haykalcha XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr birinchi yarmida yaratilgan.
Bojxonachilarning sergakligi tufayli haykalcha Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishining oldi olinib, mazkur haykalcha oʻrnatilgan tartibda Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasiga topshirildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
112785
Jamiyat
95463
Jamiyat
92286
Jamiyat
76607
Jamiyat
//
Izoh yo‘q