YPX mashinasi ustida yurgan bolaning otasiga chora koʻrildi

Saqlash
22:42 / 24.03.2022 744 0

Ijtimoiy tarmoqlarda notanish yigitning toʻxtab turgan YPX mashinasining ustida yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXBB munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 25-yanvar kuni Qoʻngʻirot tumani, Ipak yoʻli koʻchasida voyaga yetmagan bola yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga tegishli boʻlgan, toʻxtab turgan “Lacetti” rusumli maxsus xizmat avtomobilining ustiga chiqqan. Uning mazkur xatti-harakatlari doʻsti tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan.

 

Surishtiruv natijasida huquqbuzarlikni 2005-yilda tugʻilgan B.T. sodir qilgani aniqlangan. Hududiy profilaktika inspektori tomonidan toʻplangan hujjatlar voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan oʻrganilib, ushbu voyaga yetmagan bolaning otasi J.T.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) birinchi qismi tartibida BHMning bir baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//