Oʻzbekistonda shakarning narxi arzonlashdi

Saqlash
21:44 / 24.03.2022 794 0

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda shakarning birjadagi narxi qariyb 30 foizga arzonlashgan.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022-yil 24-mart kuni Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ochiq birja savdolariga qoʻyilayotgan shakar hajmining sotuvchi korxonalar tomonidan qariyb 50 foizga oshirilishi evaziga shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 10 101,3 ming soʻmdan 8 735,8 ming soʻmgacha, yaʼni 14 foizga pasaydi. Soʻnggi ikki savdo kunlarida shakarning birjadagi narxi qariyb 30 foizga arzonlashgan.

 

Shakarning birjadagi narxining pasayishiga bozor vositalarini qoʻllanilishi, jumladan birjaning shakar segmentida taklif darajasini oshirilishi hisobiga erishilgan.

 

Xususan, 24-martda birja savdolariga jami 3 200 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, ulardan 2874 tonnasi, yaʼni 90 foizi sotildi. Bunda, birja savdolari orqali “Xorazm shakar” MCHJ tomonidan 1 600 tonna va “Angren shakar” MCHJ tomonidan 1 274 tonna shakar sotilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//