“Tashkent City” bogʻi sotiladi

Saqlash
21:37 / 24.03.2022 865 0

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan boʻsh turgan davlat obyekti yoki yerlar aniqlanib:

 

2 000 kvadrat metrgacha obyektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;

 

qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan koʻrib chiqiladi va ijobiy xulosa boʻlganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi;

 

Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan koʻp foydalanilmasdan boʻsh turgan obyektlari ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.

 

2023-yil 1-aprelgaga “Universal Mobile Systems” MCHJni xususiylashtirish choralari koʻriladi.

 

“Oʻzdonmahsulot” AKning 25 ta don korxonasi 2022-yil 1-iyulgacha, qolganlari esa joriy yil yakunigacha bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi.

 

2022-yil yakunigacha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” ATBning davlat ulushlari savdoga chiqariladi.

 

2023-yil 1-iyulgacha AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, AT “Aloqabank”, “Agro bank” ATB, “Oʻzmilliybank” AJlarning aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtiriladi.

 

Xususiylashtirishda boshlangʻich narxni eʼlon qilmasdan talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qilish yoʻli bilan sotish uslubi joriy etiladi.

 

Qaror bilan ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1501 ta koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati tasdiqlandi.

 

Roʻyxatga “Tashkent City” bogʻi ham kiritilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//