Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktabda oʻtkazilgan bayram tadbirida oʻquvchi qizning yiqilib tushib, vafot etgani tasvirlangan video tarqaldi.
Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiyev voqea 2022-yilning 19-mart kuni tumandagi 33-sonli maktabda sodir boʻlganini tasdiqlagan.
“Chandir qishlogʻidagi 33-sonli maktabda 19-mart kuni Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtgan. Tadbirda qizlar ishtirokida raqs sahnasi namoyish etilgan. 10-sinf oʻquvchisi shu payt yerga yiqilib tushib, hushini yoʻqotgan. Oʻquvchi qizning avvaldan epilepsiya kasalligi boʻlgan. Biroq yaqinlari uning bu kasalligini oshkor etishni istashmagan. Hushini yoʻqotgan qiz shifoxonaga borguncha, yoʻlda vafot etgan”, — deydi Azizbek Yazdurdiyev.
Azizbek Yazdurdiyevning qoʻshimcha qilishicha, oʻquvchi qiz oiladagi uch nafar farzandning ikkinchisi boʻlgan. Holat IIB va viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan oʻrganilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q