Jamiyat
Davlat xizmatlari agentligining Ishtixon tuman boʻlimi mutaxassisi tadbirkordan pora olayotgan vaqtda qoʻlga olingan. Bu haqida Departament axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi, DXX va IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Davlat xizmatlari agentligining Ishtixon tuman boʻlimi katta mutaxassisi B.R., “B.S.” MCHJga issiqxona uchun ajratilgan yer maydonini tanishlari yordamida tikuvchilik va pishiriq ishlab chiqarish sexi qurishga hujjatlarni tayyorlab berishni 12 000 AQSH dollari evaziga hal qilib berishni vaʼda qilgan. U 6 000 AQSH dollarini tanishi Sh.R. orqali olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q