Umra narxining qimmatlashishi Ramazon oyi bilan bogʻliqligi aytildi

Saqlash
17:03 / 24.03.2022 769 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Shavkat Hamdamov “Muslim.uz” Youtube kanaliga bergan intervyusida Umra narxining oshirilishiga izoh bergan.

 

“Ramazon oyi Umrasi uchun narxlar oshadi. Bungacha ziyoratchilar bir martalik 17 million 790 ming soʻm toʻlovni amalga oshirib, safarga bordi. Ramazon oyida esa narxlar oshadi, oy tugashi bilan narxlar avvalgi qiymatiga qaytadi”, – deydi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Shavkat Hamdamov.

 

Hamdamovning aytishicha, bu Oʻzbekiston tomoni tashabbusi emas, balki ushbu oyda safar talabi boʻlgan musulmonlar soni koʻpayishi tufayli, Saudiya Arabistonida narxlar qimmatlaydi. Xuddi shu sharoit saqlanib qoladi, lekin joylashuvda bitta xonada 2 kishi emas, balki 4 kishi boʻlishi mumkin.

 

“Umra safarini tashkil etish shu yilning 22-yanvar sanasidan qayta tiklangan boʻlib, 20-martgacha davom etdi. Mablagʻlarni toʻlab, lekin pandemiya tufayli safarga bora olmagan 23 ming fuqaro uchun ushbu davr oraligʻida Umra tashkil etildi”, – deydi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//