Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida investitsiyalarni jalb qilish jarayonini takomillashtirish boʻyicha muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash yoʻnalishida amaliy takliflarni ishlab chiqish maqsadida 2022-yildan eʼtiboran Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar Kengashi yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, «kraud-sorsing» platformasi va zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda, barcha tarmoqlar va hududlardagi investorlar va tadbirkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazish amaliyoti davom ettiriladi.
Amalga oshiriladigan islohotlar natijasida keyingi 5 yil ichida yalpi ichki mahsulotimizni 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmlarini esa 30 milliard dollarga yetkazish koʻzda tutilgan. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkaziladi.
“Biz Oʻzbekistonning 2030-yilga borib aholisi oʻrtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni maqsad qilib qoʻyganmiz”, dedi Prezident
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
109697
Jamiyat
94083
Jamiyat
89862
Jamiyat
73026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q