Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq soʻzlamoqda. Prezident oʻz nutqida Oʻzbekiston ochiqlik siyosatiga oʻtgani haqida taʼkidlab oʻtdi.
“Ommaviy axborot vositalarini «toʻrtinchi hokimiyat”ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisob́dorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishmoqdamiz.
Bu boradagi eng muhim yutugʻimiz shuki – biz jamiyatimizda “yopiqlik muhiti”dan qutulib, Yangi Oʻzbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz.
Koʻp yillar davomida mamlakatimizni turli “qora roʻyxat”larga kiritilishi uchun sabab boʻlgan majburiy, jumladan, bolalar mehnatiga toʻliq barham berildi.
Buning eʼtirofi sifatida yaqinda xalqaro “Cotton Campaign“ koalitsiyasi hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan Oʻzbekiston paxtasi va tekstil mahsulotlariga nisbatan ilgari oʻrnatilgan boykot bekor qilindi», dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, mamlakatimizda ochiqlik siyosatini taʼminlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratilgani taʼkidlandi.
«Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.
Bu koʻrsatkichlar boʻyicha Oʻzbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qoʻlga kiritgani bugun hech kimga sir emas», dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q