Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram messenjeridagi yirik auditoriyali kanallarida 23-mart kuni Toshkent viloyatida bola oʻgʻirlab ketadigan ayol yurgani haqida audioxabar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtgan yaqin muddat oraligʻida Toshkent viloyati hududida xabarda keltirilgani kabi holat kuzatilmagan yoki ichki ishlar organlariga shu mazmundagi murojaat kelib tushmagan. Ushbu xabarlar yolgʻon boʻlib, mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
“Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va, xususan, maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda Xalq taʼlimi boshqarmasi xodimlari! Audio xabarlarda aytilgani kabi asoslantirilmagan (yolgʻon) xabarni tarqatish uchun qonunchilikda javobgarlik borligini yana bir bor eslatib, oʻzaro guruhlarda shu kabi maʼlumotlarni tarqatmaslikni, agarda bu kabi holat kuzatilgan yoki shubha uygʻotgan taqdirda 102 qisqa raqami va yaqin oradagi IIOga xabar berishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q