Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi 19-mart, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq; Ustyurtda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; choʻl hududlarining ayrim joylarida kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor yogʻadi). Baʼzi joylarda tuman tushadi. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q