Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Nukusda hamshiralar uylarni oqlash ishlariga jalb qilingani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bandlik va mehnat vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, holat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganilgan.
Oʻrganish natijasida hamshiralar haqiqattan ham majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlanib, aybdorlarga jarima qoʻllanilgan.
“Nukus shahar 6-sonli oilaviy poliklinikaning bosh shifokori hamda bosh shifokor oʻrinbosarlariga nisbatan xodimlarni ishdan tashqari mehnatga jalb qilganligi uchun tegishli tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy jarima qoʻllanildi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q