Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevning sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davomida shifokorlik kasbi haqida fikr yuritdi.
Bemorlarni faqat dori bilan emas, balki mehr bilan, aql bilan davolash ham muhim ahamiyatga ega. Ming afsuski, sogʻliqni saqlash muassasalarida ayrim shifokorlarning aholi bilan qoʻpol muomalada boʻlishi, odamlarni mensimaslik, oʻz vazifasini suiisteʼmol qilishi kabi salbiy holatlar hamon uchrab turibdi.
Bunday vaziyatni oʻzgartirish uchun, avvalo, tibbiyot xodimlarining maʼnaviy dunyosini, bemorlar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish zarur.
«Shaxsan men Prezident sifatida sizlarning mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlayman. Qolaversa, shifokorning farzandi boʻlganimdan gʻururlanaman.
Shu sababli barcha tibbiyot xodimlari jamiyatimizning eng madaniyatli qatlami, ziyolilarimizning eng peshqadam vakillari boʻlishlarini orzu qilaman.
Qanday sharoit va imkoniyatlar kerak boʻlsa, davlatimiz barchasini yaratib berishga tayyor ekanini yana bir bor taʼkidlayman», dedi davlatimiz rahbari soʻzining yakunida.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110043
Jamiyat
94306
Jamiyat
90164
Jamiyat
73475
Jamiyat
//
Izoh yo‘q