Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyevning sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Prezident tibbiyot sohasi vakillariga nisbatan kuch ishlatish holatlari haqida gapirib oʻtdi.
Taʼkidlash joizki, joylarda tibbiyot sohasi vakillariga, ayniqsa, shoshilinch va tez tibbiy yordam xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari ham uchrab turibdi.
“Shifokorga qoʻl koʻtarish, uni soʻkib, haqorat qilish bizning insof-diyonatli, oq koʻngil, mehr-oqibatli xalqimizga munosibmi? Bu bizga mutlaqo yarashmaydigan holatdir”, dedi Prezident.
Endi, tibbiyot xodimlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan, ularning ishiga toʻsqinlik qilgan hamda tajovuz koʻrsatgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda alohida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Shuningdek, har yili ming nafar bemor shifokorlar, ayniqsa, sohada bir umr mehnat qilgan faxriylarga yuqori texnologik operatsiyalar davlat hisobidan bepul oʻtkazilishi taʼkidlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
111558
Jamiyat
94625
Jamiyat
90617
Jamiyat
75063
Jamiyat
//
Izoh yo‘q