Xususiy klinikalardagi sharoit, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati davlat shifoxonalaridan ancha oldinga oʻtib ketgan – Prezident

Saqlash
17:28 / 18.03.2022 825 0

Shavkat Mirziyoyevning sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Unda davlat rahbari xususiy tibbiy xizmat sifati borasida gapirdi.

 

«Ochiq aytish kerak, koʻplab xususiy klinikalardagi sharoit, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati davlat shifoxonalaridan ancha oldinga oʻtib ketgan. Bundan, faqat xursand boʻlishimiz kerak.

 

Bugungi kunda minglab ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarimiz davlat shifoxonalarida bepul ixtisoslashgan tibbiy xizmat olish uchun navbat kutmoqda.

 

Bundan buyon, aholi imtiyozli yoʻllanma bilan nafaqat davlat shifoxonalariga, balki oʻzi tanlagan xususiy klinikalarga ham bemalol borishi mumkin boʻladi. Davolanish uchun ajratilgan mablagʻ esa bemorning ortidan boradi.

 

Takror aytaman – biz uchun tibbiyot maskanining mulk shakli muhim emas. Eng asosiy maqsadimiz – odamlarimizning sogʻligʻini asrash, ularning dardiga darmon boʻlishdan iborat», dedi Prezident.

 

Mamlakatimizda eng zarur boʻlgan dori-darmon vositalari narxini kamida 30 foizga arzonlashtirish boʻyicha barcha choralar koʻriladi.

 

Buning uchun, kelgusi besh yilda dori-darmon va tibbiyot vositalari ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, mahalliy dori vositalari bilan taʼminlash darajasi 80 foizga yetkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//