Iqtisod
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov Oʻzbekistonda dollar kursi keskin koʻtarilayotgani boʻyicha tushuntirish berdi.
Maʼlum boʻlishicha, soʻmning dollarga nisbatan almashuv kursi qadrsizlanishi mart oyining dastlabki yarmida tezlashgan. Ushbu holat bir tomondan tashqi geosiyosiy vaziyat taʼsirida eksport tushumlari va transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmining sezilarli qisqarishi (asosan, Rossiya va Qozogʻistondan) taʼsirida ichki valyuta bozorida taklifning qisqarishi bilan tushuntiriladi.
Boshqa tomondan asosiy savdo hamkorlarda milliy valyuta kursining keskin qadrsizlanishi va devalvatsion kutilmalarning ortib, valyuta bozorida talabning vaqtinchalik oʻsishi kuzatilmoqda.
“Biz milliy valyuta almashuv kursi boʻyicha prognozlarni amalga oshirmaymiz va soʻmning AQSH dollariga nisbatan kursi valyuta bozorida ichki va tashqi omillar taʼsirida shakllangan talab va taklif muvozanatiga bogʻliq boʻladi”, — deydi bank raisi.
Shuningdek, u valyuta taqchilligi yoʻqligini ham taʼkidlab oʻtgan.
“Bugungi kunda mamlakatda naqd dollar yoki yevro taqchilligi holatlari kuzatilmayapti. Tijorat banklari ichki bozorda naqd xorijiy valyuta yetarliligini taʼminlab kelmoqdalar. Mavjud naqd valyuta zaxiralari oʻrtacha 3-4 oylik naqd ayirboshlash operatsiyalariga boʻlgan talabni toʻliq qondira oladi”, deydi Mamarizo Nurmurodov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
112390
Jamiyat
95051
Jamiyat
91252
Jamiyat
75962
Jamiyat
//
Izoh yo‘q