Jamiyat
Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligi tomonidan oʻtkazilgan sumalak saylida oʻquvchi qizlar yupun kiyimda badiiy chiqishlar namoyish etdi.
Shovot tumani axborot xizmati xabariga koʻra, “Arbob” mahallasida oʻtkazilgan saylda tuman hokimining oʻrinbosari I.Xajiyev qatnashib, yigʻilganlarni bayram bilan tabriklagan. Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bayram sovgʻalari tarqatilgan.

“Mahalla yoshlari tomonidan tashkil qilingan badiiy chiqishlar sayil ishtirokchilariga birdek manzur boʻldi”, deyiladi xabarda. Ammo oʻsha kuni O'zgidromet xabariga koʻra, Xorazmda havo harorati kunduzi 1-6 daraja iliq boʻlishi kutilgan. Suratlardan ham koʻrinadiki, sayldagi “katta”lar qalin kiyimlarda oʻtirib, yupun kiyingan qizaloqlarni chiqishlarini bamaylixotir tomosha qilgan.

Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
112996
Jamiyat
95695
Jamiyat
92657
Jamiyat
76902
Jamiyat
//
Izoh yo‘q