Jamiyat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2020-yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi tufayli toʻxtab qolgan xalqaro yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezd qatnovlarini qayta tiklanishi amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va «Qazaqstan temir jolы» MK» AJ bilan kelishuvi asosida 2022-yil 1-apreldan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yoʻnalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu poyezd “Nukus” vokzalidan haftaning har seshanba, juma va yakshanba kunlari va “Beyneu” stansiyasidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari joʻnatiladi. Harakat davomida poyezd Xoʻjayli, Qoʻngʻirod, Jaslik, Qoraqalpogʻiston stansiyalarida ham toʻxtab oʻtadi.
Shuningdek, boshqa qoʻshni davlatlar bilan temir yoʻl yoʻnalishlarining qayta tiklanishi kutilmoqda. Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari maʼlumotlar byurosidan olish mumkin.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q