Iqtisod
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, ichki bozorlardagi shakar mahsuloti narxining asossiz keskin oshishi kuzatilmoqda.
Rossiya va Ukrainaning ichki bozordagi ulushi bor-yoʻgʻi 2% ni tashkil etadi. Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilishmoqda.
Oʻzbekistonda ikkita – “Xorazm shakar” va “Angren shakar” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida joriy yil 15-mart holatiga 260 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud.
Shundan, omborda 40 ming tn tayyor shakar va 32 ming tn xomashyo, iyun oyiga qadar 178 ming tn xomashyo yetkazib beriladi.
Shunday boʻlsa ham qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, ichki bozorni shakar mahsuloti bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan birja savdolariga kunlik qoʻyiladigan hajm oʻrtacha 30 foizga oshirilmoqda.
Bundan tashqari respublika aholisiga shakar mahsuloti yetarli miqdorda va maqbul narxlarda yetkazib berish maqsadida Hukumat tomonidan zarur choralar koʻrilmoqda hamda barcha hududlardagi bozorlarda “Elga xizmat” rastalarida maqbul narxda shakar sotish topshiriqlari berilmoqda.
Shakarga boʻlgan narx asossiz oshirilishi natijasida vahimaga berilmasligingizni soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tadbirkorlardan shakarga boʻlgan narx-navoni asossiz oshirmaslikni va isteʼmolchilarga noqulaylik tugʻdirmasligingizni soʻradi. Asossiz oshirilgan narx-navo boʻyicha Qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish mumkinligi yuzasidan ogohlantirdi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q