Jamiyat
Davlat rahbarining adliya tizimida maʼmuriy islohotni amalga oshirishga qaratilgan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra:
Adliya tizimida yagona boshqaruvni joriy qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qoʻshildi.
Natijada boshqaruv xodimlari soni 110 taga yaʼni 2,2 foizga (birgina markaziy apparat 10 foizga yaʼni 356 tadan 320 taga) qisqartirildi. Qisqartirilayotgan shtatlarning asosiy qismini rahbar lavozimlar tashkil qiladi. Hududlardagi Davlat xizmatlari boshqarmalari hamda Intellektual mulk markazlari hududiy adliya boshqarmalari tarkibiga oʻtkazildi.
Tumandagi davlat xizmatlari markazlari, FHDYO organlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tuman adliya boʻlimlari bilan birlashtirilib bitta binoda faoliyat yurituvchi yagona Adliya boʻlimlariga aylantirildi, uning tarkibida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha alohida masʼullar faoliyat yuritadi.
Bu orqali intellektual mulk obyektlarini tuman darajasida tezkor himoya qilish, aholining turli huquqiy muammolarini bitta idoraga tashrif buyurib hal qilib ketishiga erishiladi.
Shuningdek, vazirlik tizimidagi bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalar qayta koʻrib chiqilib, qisqartirildi. Vazirlik tizimidagi boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga (67 foizga), bir-birini takrorlovchi vazifalar 35 tadan 23 taga (34 foizga) va funksiyalar 388 tadan 215 taga (46 foizga) qisqarmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q