Siyosat
Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun koʻrib chiqilib, maʼqullandi. Bu haqida Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, senatorlar 1995-yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligini taʼkidlagan. Yangi tahrirdagi kodeksda esa zamonaviy mehnat munosabatlari bilan bogʻliq barcha muhim jihatlar inobatga olingan.
“Mehnat erkinligi va majburiy mehnat tushunchalari xalqaro meʼyorlar va tavsiyalarga mos tarzda batafsil yoritilgan. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp bolali yoki nogiron bolalari boʻlgan ota-onalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, bitiruvchilarga, harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga, jazodan ozod qilinganlarga, odam savdosidan jabrlanganlarga ishga joylashishda qoʻshimcha kafolatlar belgilangani eʼtiborga molik”, deya taʼkidlagan Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilinishi bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini taʼminlaydi. Shuningdek, Mehnat kodeksi qoidalarini xalqaro huquq normalari, shu jumladan, Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga moslashtirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida senatorlar tomonidan qonun maʼqullangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q