Oʻzbekistonlik 20 nafar yosh olim Eronda stajirovka oʻtaydi

Saqlash
20:41 / 17.03.2022 942 0

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tehronda Eron Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Xayam Nekouiye bilan uchrashdi va Qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot, taʼlim tashkiloti (AREEO) faoliyati bilan tanishdi.

 

Tashkilotda amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlarining koʻlami va erishilgan natijalardan kelib chiqqan holda alohida ishlab chiqiladigan dastur doirasida 20 nafar yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari tashkil etiladi. Bunda yurtimiz yosh tadqiqotchilari Eronning biotexnologiyalar, tuproqshunoslik, samarador agrotexnologiyalar, shoʻrga chidamli oʻsimliklarni yetishtirish, bogʻdorchilik yoʻnalishlaridagi ilgʻor tajribasini oʻzlashtirishlari koʻzda tutilgan.

 

Bundan tashqari, AREEO tashkiloti olimlari bilan oʻzbekistonlik olim va mutaxassislarning quyidagi ikki yoʻnalishda oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirokini taʼminlashga kelishib olindi:

 

a) ekologik muammolarni hamkorlikda ilmiy yechimini taʼminlash - “Oʻzbekiston–Eron” qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlari doirasida;

 

b) startap loyihalar amalga oshirish asosida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish - «Pardis» texnoparki va Yashnobod» innovatsion texnoparki oʻrtasida mahalliy tarmoq korxonalari ehtiyojlari asosida umumiy qiymati 2 mln. AQSH dollari miqdorida qoʻshma startap loyihalar tanlovi doirasida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//