Jamiyat
Xalq taʼlimi vazirligi 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilaridan oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishni soʻradi.
Qayd etilishicha, oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.
Bu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan.
Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq oʻquvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron maʼlumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.
«Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchi yoshlar!
Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilarining oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishini taʼminlashingizni soʻraymiz.
Maktab maʼmuriyatidan esa bitiruvchilarning pasport maʼlumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularni kelgusida oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarini topshirishda koʻmaklashishga chaqiramiz», deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat etishlari mumkin.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q