Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kundan buyon davom etayotgan yogʻingarchilik oqibatida Toshkent metropoliteni stansiyasiga suv sizib oʻtgani tasvirlangan video paydo boʻldi. “Beruniy” metro stansiyasida tasvirga olingani aytilgan videoda suv tomayotgan joylarga yelim idishlar qoʻyib chiqilgani koʻrinadi.Metropoliten maʼmuriyati mazkur holatga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, yuz berayotgan hodisa oqibatida metropoliten masʼul xodimlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan.
“Tinimsiz yogʻayotgan yomgʻir hamda namgarchilik oqibatida yer osti va yer usti qismlarida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Shuningdek, kunlar isishi bilan ushbu taʼmir ishlari boshlanishi mumkin”, — deyiladi munosabatda.
Shuningdek, Toshkent metropoliteni barcha fuqarolardan ushbu vaziyatni notoʻgʻri talqin qilmaslikni soʻragan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q