Abdulaziz Komilov Rossiyaga kiritilayotgan sanksiyalarning Oʻzbekistonga taʼsiri haqida gapirdi

Saqlash
17:40 / 17.03.2022 810 0

Senatning yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Oʻzbekiston harbiylari xorijdagi harbiy amaliyotlarda qatnashmasligi hamda Rossiyaga kiritilayotgan sanksiyalarning Oʻzbekistonga taʼsiri haqida gapirdi. Bu haqda “Bugun.uz” muxbiri xabar qilmoqda.

 

Vazir Oʻzbekiston tarixan ham Rossiya, ham Ukraina bilan milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda manfaatlarni davom ettirib kelishini qayd etdi. Shuningdek, Ukraina atrofidagi vaziyat Oʻzbekistonga jiddiy xavotir uygʻotayotganligini, Oʻzbekiston vaziyatga tinch yechim topish tarafdori ekanini taʼkidladi.

 

«Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi harbiy amaliyot Oʻzbekiston Ukrainaning mustaqilligi, suvereneti va hozirgi yaxlitligini tan oladi, Donesk va Luganskni tan olmaymiz. Bizning harbiy qoʻshinlarimiz xorijdagi harbiy amaliyotlarda qatnashmaydi.

 

Rossiyaga kiritilayotgan sanksiyalar Oʻzbekistonga ham taʼsir qilmoqda. Hozirda buning oldini olish ishlari ham koʻrilmoqda. Elchixonamiz vakillarining barcha oila aʼzolarini qaytarishga harakat qilamiz.

 

Vatandoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarishda Polsha davlati juda katta yordam berdi. Biroq yana 300 ga yaqin fuqarolarmiz Ukrainida qolgan. Ularga biz yordam berib turibmiz, yoʻlini topib, albatta Oʻzbekistonga qaytaramiz», — dedi Tashqi ishlar vaziri.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//